Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Bexzod Anvarovich Musayevga bir vaqtning oʻzida sogʻliqni saqlash vaziri vazifasini bajarish yuklandi.
Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov rejali davolanish uchun shifoxonaga yotqizilgan, koronavirusga chalinmagan. Alisher Shadmanov Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida statsionar sharoitda rejali davolash muolajalarini olmoqda. Bemorning ahvoli qoniqarli holatda.
Maʼlumot uchun, Behzod Musayev 2018 yilning dekabr oyidan 2020 yilning 13 mayigacha Davlat soliq qoʻmita raisi lavozimida faoliyat yuritgan. U 2018 yilning martidan raisning birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan. 13 mayda yangi taʼsis etilgan Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimga tayinlangan.