“Bibliobus” faoliyati yoʻlga qoʻyilmoqda

0
379
marta koʻrilgan.

Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifi chogʻida Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan Namangan viloyati axborot-kutubxona markazini modernizatsiya qilish va kitobxonlik madaniyatini oshirish konsepsiyasi taqdimoti oʻtkazildi.

Unga muvofiq, viloyatda yana 50 ta mahallada kutubxona, 12 ta zamonaviy koʻchma kitob doʻkonlari barpo etish, 4 ta “Bibliobus” faoliyatini yoʻlga qoʻyish rajalashtirilgan.

“Bibliobus” Namanganning togʻli va uzoq hududlarida yashovchi aholining kitobga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash, kitobxonlarga kutubxona va savdo  xizmatini koʻrsatishga moʻljallangan. 

Shavkat Mirziyoyev aholiga kitoblarni qulay tarzda yetkazib berish, Namanganda yashab oʻtgan atoqli alloma va adiblarning asarlarini nashr etish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.