Birga kitob oʻqiylik

0
690
marta koʻrilgan.

Poytaxtimizdagi “Bolajon” madaniyat va istirohat bogʻida “Birga kitob oʻqiylik!” mavzuida ommaviy kitobxonlik aksiyasi oʻtkazildi.

Tadbir Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda «Intellekt» kitobxon yoshlar klubi hamkorligida tashkil etildi.

Unda taniqli sanʼatkorlar, aktyorlar, shoir, yozuvchi va adiblar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yoshlar maʼnaviyatini oshirish, intellektual saviyasini rivojlantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotgani taʼkidlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targʻib qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi qarori ana shunday ezgu maqsadlarga xizmat qilayotir.

Mazkur hujjat ijrosi yuzasidan oʻtkazilgan tadbirda inson kamolotida muhim oʻrin tutuvchi kitoblar va mutolaa zavqi haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Mushoira va suhbatlar, intellektual viktorinalar uyushtirildi.

Aksiya dorasida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan yetakchi nashriyotlarning kitob koʻrgazmalari ham tashkil qilindi.

Xurshida Husenova

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.