«Zamin» fondi vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva Sardoba suv omboridagi falokat roʻy bergan hududdan evakuatsiya qilingan aholi holidan xabar olish uchun Sirdaryoga tashrif buyurdi.
Oʻzbekistonning birinchi xonimi suv toshqinidan jabr koʻrgan aholi vakillari bilan muloqot qilib, ularni Ramazon hayiti bilan qutladi.
Tashrif chogʻida «Zamin» fondi va Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining hamkorlikdagi ijtimoiy loyihasi eʼlon qilindi. Ushbu loyiha Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridagi 11ta zarar koʻrgan mahallalarda istiqomat qilgan oilalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotganini taʼkidladi.
Suv ostida qolgan hududlarni qayta tiklash va ulkan qurilish ishlari ketayotgan bir paytda aholining boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishlarini taʼminlash maqsadida yoshi 60 dan oshgan barcha qariyalar 10 kun davomida poytaxtda va Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida joylashgan sihatgohlar va dam olish maskanlariga, 7 dan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar esa yozgi oromgohlarga bepul taklif etilishini aytib, suv toʻfonidan jabr koʻrganlarning yonida hamisha davlatimiz yonma yon ekanligini taʼkidladi.