Birlamchi boʻgʻindagi asosiy vazifa — kasalliklarning oldini olish

0
94
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26 oktyabr kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi 22-oilaviy poliklinikani borib koʻrdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Uch qavatli ushbu zamonaviy muassasa 19 ta mahalladagi 56 ming nafar aholiga xizmat koʻrsatadi. Buning uchun bolalar boʻlimi, fizioterapiya boʻlimi, kunduzgi statsionar, mutaxassislik xonalari va laboratoriyalarda zarur sharoit yaratilgan. Shu yil 18 martdagi «ochiq muloqot»da berilgan topshiriqqa koʻra, bu poliklinikaga ham zamonaviy fizioterapiya uskunalari keltirib oʻrnatilgan.

Shuningdek, bepul tarqatiladigan dorilar xonasi, shifokor qabulidan oldingi koʻrik xonasi tashkil etilgan. 65 nafar shifokor va koʻplab hamshiralar bemorlar dardiga darmon boʻlayotir.

Davlatimiz rahbari poliklinikadagi sharoitlarni koʻzdan kechirdi, tibbiyot xodimlari bilan suhbatlashdi.

— Tibbiyot — yoshu qari hammaga daxldor eng katta davlat xizmati. Shuning uchun bu sohaga doimiy eʼtibor qaratib kelyapmiz. Birlamchi boʻgʻinni «pastga tushirish»ga harakat qilyapmiz. Albatta, oʻzgarish bor: yangi shifoxonalar ochilyapti, poliklinikalar jihozlanyapti. Lekin hali yetib borilmagan xonadonlar ham bor. Malakali tibbiy xizmatlarning har bir oilaga kirib borishini taʼminlash, bunda ehtiyojmand insonlarga alohida yondashish kerak, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Muloqotda aholining tibbiy madaniyatini oshirish, kasalliklarning oldini olish masalalari haqida soʻz bordi.

— Koʻp hollarda kasallikni insonning oʻzi keltirib chiqaradi: kam harakat boʻladi, toʻgʻri ovqatlanmaydi, sogʻligʻiga qaramaydi. Buni birlamchi boʻgʻin keng tushuntirishi kerak. Aholini dori bilan emas, profilaktika bilan sogʻlomlashtirish zarur. Odamlarning oʻz sogʻligʻiga eʼtiborini kuchaytirish, skrining tekshiruvlarini muntazam oʻtkazib borish kerak, — dedi davlatimiz rahbari.

Shu yerda sayyor tekshiruvlarda foydalaniladigan maxsus transportlar ham koʻzdan kechirildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.