Bojxona sohasidagi islohotlar hayotda va amaliyotda

0
247
marta koʻrilgan.

Soʻngi yillarda bojxona sohasini rivojlantirish va tubdan isloh qilish boʻyicha bir qator Prezident hujjatlari qabul qilindi.

Masalan, 2021 yilda “Bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va davlat bojxona xizmati organlari tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni, 2022 yilda “Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi qoʻllanilishini soddalashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi, “Bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonlari qabul qilingan.

Oʻz navbatida adliya organlari tomonidan qabul qilinayotgan Prezident hujjatlari ijrosi boʻyicha manzilli va mavzuga oid tahliliy oʻrganishlar va monitoringlar amalga oshirib kelinmoqda. Taʼkidlash joizki, mazkur sohada qabul qilinayotgan hujjatlar ijrosi boʻyicha viloyatda bir qator ishlar amalga oshirilgan. Ushbu yoʻnalishda qabul qilinayotgan hujjatlar asosida soha rivojlanmoqda.

Xususan, amalga oshirilayotgan islohotlarning eng eʼtiborga moliklaridan biri sifatida sohani raqamlashtirilayotganligini koʻrsatib oʻtish mumkin. “Xavflarni boshqarish”, “Yagona darcha”, “E-tranzit”, “Bojxona va yuk operatsiyalari” kabi elektron axborot tizimlari yordamida bojxona nazorati hamda rasmiylashtiruviga sarflanayotgan vaqt sezilarli darajada qisqartirilmoqda.

Shuningdek, “Navbatlarni boshqarish” axborot tizimini joriy etilganligini ham alohida taʼkidlab oʻtish mumkin. Mazkur tizim orqali bojxona postlaridan oʻtishni rejalashtirayotgan tadbirkorlik subektlariga oldindan navbat olish imkoniyati yaratilgan.

Davlat Rahbarining tegishli Farmonlari bilan viloyatda 2021 yil 1 oktyabrdan “Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona posti tashkil qilinib, faoliyat yuritib kelmoqda. Bojxona tizimida amalga oshirilayotgan mazkur islohotlar eksport va import faoliyati bilan shugʻullanayotgan tadbirkorlik subektlari uchun biznes muhitini yanada qulaylashtirishga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, sohada amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda sohada ayrim xato va kamchiliklarga ham yoʻl qoʻyilgan. Xato va kamchiliklarga asosan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, davlat xizmatlari koʻrsatish, bojxona sohasida qabul qilingan hujjatlarni mazmun-mohiyatini yetkazish, yuridik xizmat sohalarida yoʻl qoʻyilgan boʻlib, aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf qilish va ularga kelgusida yoʻl qoʻymaslik boʻyicha viloyat bojxona boshqarmasiga tegishli taʼsir chorasi kiritilgan va ijrosi nazoratga olingan.

Bundan tashqari, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosi boʻyicha maʼsul tashkilotlarga doimiy ravishda huquqiy-uslubiy koʻmak va koʻrsatmalar berib kelinmoqda.

R.Sattarov, Xorazm viloyat adliya boshqarmasi Prezident hujjatlari ijrosini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.