Boks boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionatida Andijon viloyati terma jamoasi birinchi boʻldi

0
195
views

9-16 sentyabr kunlari Toshkent shaxridagi Respublika Olimpiya zaxiralari kollejida boks boʻyicha 2000-2001 yillarda tugʻilgan sportchilar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston terma jamoasi uchun munosib zahirani saralab olish maqsadida tashkil etilgan mazkur musobaqada respublikamizning barcha viloyatlaridan  220 nafar bokschi ishtirok etdi.

Umumjamoa xisobida 1 – oʻrin Andijon viloyati bokschilariga nasib qilgan boʻlsa, buxorolik yosh charm qoʻlqop ustalari 2-oʻrinni egallashdi. Kuchli uchlikni esa Fargona viloyati terma jamoasi yakunlab berdi.

Musobakaning gʻolib va sovrindorlari diplom va medallar hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here