Bokschi qizlarimiz xalqaro turnirda 3 ta oltin medalni qoʻlga kiritishdi

0
417
marta koʻrilgan.

Joriy yilning 6-12 may kunlari Qozogʻistonning Almata shahrida 2001-2004-yillarda tugʻilgan qizlar oʻrtasida boks boʻyicha 2000 yilgi Olimpiya oʻyinlari chempioni Yermaxan Ibraimov sovrini uchun xalqaro turnir oʻtkazildi, deya xabar beradi  Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati. 

Rossiya, Tojikiston va Qozogʻistonlik sportchilar ishtirok etgan ushbu xalqaro turnirda yurtimiz sharafini Ulugʻbek Baratov murabbiyligida bokschi qizlarimiz Sabina Boboqulova, Nigina Oʻktamova, Nasiba Xayrullayeva, Shoira Shirinova, Sabrina Negmatullayeva va Lenara Abdumurodova himoya qilishdi.

Oʻtkazilgan janglarda barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchrata olgan Nigina Oʻktamova (52 kg) hamda Nasiba Xayrullayeva (57 kg) musobaqaning oltin medali bilan taqdirlangan boʻlsa, Sabina Boboqulova (48 kg) ga musobaqaning oltin medalidan tashqari, eng yaxshi ishtirokchisi sifatida kubok va pul mukofoti topshirildi.

Saralash bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Shoira Shirinova (64 kg) va Lenara Abdumurodova (51 kg) yarim finalda raqiblariga imkoniyatni boy berib uchinchi oʻrinni egallashdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.