Navoiy viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi tomonidan Qizilqumsement AJga qarashli “Shaboda” yozgi sogʻlomlashtirish oromgohida “Bolaligim – podsholigim” mavzusida koʻchma koʻrgazma tashkil etildi.
Koʻrgazmada etnografik buyumlar, milliy cholgʻu asboblari, xalq hunarmandchilik mahsulotlari — sopol va mis koʻzalar, yogʻoch qoshiq, tovoq choʻmich, charx hamda ayollar milliy taqinchoqlari namoyish etildi.
Oromgoh bolajonlari koʻrgazmaga qoʻyilgan muzey eksponatlarini qiziqish bilan tomosha qilishdi.
Tadbir doirasida muzey tomonidan tashkil etilgan sahna koʻrinishlari namoyish etildi. Unda Vatanimiz – kelajak boʻlgan bolajonlarning orzu-umidlari koʻrsatib berildi.
Mavluda ASQARXOʻJAYEVA