Bolalik dunyosi rang barang. Dunyoda farzanddan koʻra shirin, bebaho neʼmat yoʻq. Ularga borimizni berishga tayyormiz doim.
2022 yil 1 iyun kuni Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi mutaxassislari 1 iyun «Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni» munosabati bilan «Mehr kutubxonasi» loyihasi doirasida Chilonzor tumanidagi «Navbahor» mahalla fuqarolar yigʻini faollari bilan hamkorlikda «Bolalarga bering dunyoni!» mavzusida bayram tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda mahalla faollari, xududdagi tadbirkorlar, ishbilarmonlar, koʻp qavatli turar joy binolarida istiqomat qiluvchi oilalarning farzandlari, ota-onalar, kam taʼminlangan oilalar, nogiron bolalar ishtirok etdilar.
Tadbirni «Navbahor» MFY raisi I. Sobirov ochdi va barcha yoshlarni bayram bilan tabrikladi. Mamlakatimiz rahbarinig yoshlar siyosatiga doir olib borayotgan ishlari haqida gapirar ekan, har bir bola davlatimiz nazoratida ekanligi, ularni hayotiga hech kim befarq emasligi hakida alohida toʻxtalib oʻtdi. Farzandlarimiz bizni kelajagimiz, ularni qonuniy himoya qilish, taqdiriga befarq boʻlmasligimiz lozim deya taʼkidladi I. Sobirov.
Tadbir davomida Toshkent shahar «Bilim» AKM mutaxassisi R. Xoliqova bolalar adabiyoti namoyondalari ijodi asosida tashkil qilingan kitoblar koʻrgazmasida oʻrin olgan adabiyotlarga bibliografik sharh berib oʻtdi. Yozgi taʼtil kunlari boshlanganligini, taʼtilni sermazmun oʻtkazish uchun barcha mahalla yoshlarini «Bilim » AKMga kelib, kitob mutolaasi bilan shugʻullanishga chorladi.
Tadbirda mahallada istiqomat qiluvchi sanʼatsevar yoshlar ijrosida kuy va qoʻshiqlar yangradi. Bayram bahona viktorina oʻyinlari tashkil qilinib, qiziqarli savollar berildi. Hozirjavob, topagʻon yoshlarga kitoblar ulashildi. Mahalliy tadbirkorlar tomonidan bayramda ishtirok etgan bolalarga sovgʻa-salomlar ulashildi. Shuningdek, nogiron bolalar, ehtiyojmand oilalarning farzandlariga ham alohida eʼtibor qaratildi. Bayram qiziqarli va mazmunli oʻtdi.
R. Xolikova, Toshkent shahar «Bilim» AKM yetakchi mutaxassisi