1 iyun – “Bolalarni himoya qilish kuni” kuni munosabati bilan OʻzLiDeP Toshkent shahar va Sergeli tumani partiya Kengashlari tashabbusi bilan anʼanaviy tarzda har yili oʻtkazib kelinayotgan “Deputatlar-bolalarga” loyihasi doirasida tadbir uyushtirildi.
Toshkent shahar va tuman Xalq deputatlari Kengashi deputatlari hamda partiya faollari Sergeli tumanidagi “Mehrigiyo”, “Bunyodobod”, “Olchazor”, “Sofdil”, “Navqiron”, “Madaniyat”, “Xalqobod” va “Al-Fargʻoniy” mahallalarida istiqomat qilayotgan xalqaro, respublika va shahar miqyosida oʻtkazilgan sport musobaqalari va fan olimpiadalarida gʻolib boʻlgan iqtidorli bolalarni bayram bilan muborakbod etib, mahalla guzarlariga tashrif buyurishdi.
Uchrashuvlar davomida partiya faollari bolajonlarni bayram bilan muborakbod etib suhbatlar oʻtkazib, sovgʻalar taqdim etishdi.
“Mazkur loyihani 2018 yildan buyon doimiy ravishda oʻtkazib kelamiz, tumanimizning partiya faollari bilan birgalikda iqtidorli va intiluvchan farzandlarimiz holidan xabar olib, ular bilan deputatlarimiz muloqotda boʻlib turishadi” – deydi Sergeli tuman Xalq deputatlari Kengashi deputati U.Muhamedov.
“Farzanlarimiz bizning ertangi kelajagimiz davomchilari, shuning uchun biz kattalar ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlab, sharoitlar yaratib berishimiz lozim”- deb fikr bildirdi Sergeli tuman Xalq deputatlari Kengashi deputati, tadbirkor X.Dadabayev.
Bu kabi uchrashuvlar tumanimizning “Asrobod”, “Qushqurgʻon” va “Ziyokor” mahallalarida xam oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Hayotxon QOʻChQAROVA, Toshkent shahar Xalq deputatlari Kengashi deputati