Bolgariyadagi musobaqada 7 ta medal qoʻlga kiritildi

0
253
marta koʻrilgan.

Oʻzbekistonlik yosh suzuvchilar Bolgariya poytaxti Sofiya shahridagi xalqaro musobaqada ishtirok etdilar. III yozgi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanmalar uchun reyting ochkolari taqdim etadigan musobaqada Oʻzbekiston, Buyuk Britaniya, Rossiya, Xorvatiya, Litva, Germaniya, Bolgariya kabi mamlakatlardan 370 dan ortiq sportchi ishtirok etdi.

Suzuvchilarimiz turnir davomida umumiy hisobda 7 ta medal qoʻlga kiritishdi.

Hamyurtlarimizdan Aleksey Sidorchuk 50 metr brass usulida suzish bahslarida 3-oʻrin, Ahmadjon Umurov 100 metr erkin usulda 2-oʻrin sohibi boʻldi. Qizlarimizdan esa Yulduz Qoʻchqorova 100 metrga chalqancha usulda suzishda 2-oʻrin, 50 metrga chalqancha suzishda esa 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Natalya Kritinina erkin usulda 50 metr masofaga suzish bahslarida 3-pogʻonadan joy oldi. Shuningdek, 50 metrga batterflyay suzish boʻyicha Mirsaid Mirzoidov ikkinchi boʻldi. 50 metrga erkin usulda suzish boʻyicha oʻgʻil bolalar oʻrtasida Muhamedjan Abdijalilov uchinchi pogʻonadan joy oldi.

Musobaqa davomida sportchilarimiz oʻzlari uchun muhim boʻlgan reyting ochkolarini ishlab oldilar. Xalqaro suzish federatsiyasi (FINA) 3 avgust kuni yoʻllanma egalari roʻyxatini maʼlum qiladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.