Boriy Alixonov: Uzoq qishloqlarga elektrostansiyalar orqali elektr uzatishda 30-35 foizgacha energiyani yoʻqotamiz

0
136
marta koʻrilgan.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari Boriy Alixonov  bilan OAV vakillarining  muloqoti  boʻlib oʻtdi. Unda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik afzalliklari xususida maʼlumot berildi.

Quyida Boriy Alixonovning jurnalistlar bilan muloqoti chogʻida aytgan soʻzlaridan iqtiboslar keltiriladi:

Uzoq qishloqlarga, ovullarga, aholi yashash punktlariga olis masofadan anʼanaviy elektrostansiyalar orqali elektr uzatishda 30-35 foizgacha energiyani yoʻqotamiz.

Vaholanki, agar qayta tiklanuvchi energiya manbasi, masalan, quyoshdan foydalanish imkonini beradigan fotoelektrostansiyalarni aholi istiqomat qiladigan uzoq hududlarda va boshqa ijtimoiy obyektlarda joylashtirish natijasida energiya tejamkorligiga erishishimiz mumkin.

Birinchidan, iqtisodiy jihatdan yutamiz. Ikkinchidan, ekologik toza boʻlgan ham issiqlik, ham elektr energiyasi olamiz.

Dunyo boʻyicha har yili energiya manbalaridan 2 million 200 ming tonna havoni ifloslantiruvchi moddalar atmosferaga chiqariladi.

Bu inson va boshqa biologik organizmlarga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Turli xil kasalliklarni keltirib chiqaradi.

Energiya resurslaridan ajralgan zararli moddalarning atrof-muhitga tarqalishi natijasida yer degradatsiyasi, suv degradatsiyasi, havo ifloslanishi yuzaga keladi.

Neft-gaz chiqindilarini utilizatsiya qilish ham iqtisodiy zarar keltiradi.

Shularning hammasini koʻz oldingizga keltirsangiz, qayta tiklanuvchi energiya manbalari ekologik jihatdan qanchalar afzalligini tushunish, his qilish mumkin.

Oʻzbekistonda faqat quyosh yoki shamol energiyasidan emas, ayrim mahalliy hududlarda biotermal energiya manbalaridan, chorvachilik rivojlangan joylarda biogazdan foydalanish imkoniyati mavjud.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.