Boshlangʻich sinf oʻquvchilari haftasiga besh kun oʻqishi tasdiqlandi

0
914
marta koʻrilgan.
 Joriy yilning 1 martidan boshlab umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 1-sinflari haftalik oʻquv davomiyligi 5 kun boʻlgan oʻqish jarayoniga oʻtkazilishi hayotiy islohotlardan yana biridir.

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 9 fevraldagi yigʻilish bayonida umumtaʼlim maktablarining boshlangʻich sinflarini (1 — 4-sinflar) haftasiga 5 kunlik oʻqish jarayoniga oʻtkazish vazifasi belgilangan. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad ota-onalarning farzandlari bilan oilaviy dam olishlariga yanada koʻproq imkoniyat yaratish, ota-ona va farzandlar oʻrtasida mehr-oqibatni mustahkamlash hamda oilaviy anʼanalarni shakllantirishdan iboratdir.

Shuningdek, bunday imkoniyat orqali oʻquvchilar ota-onalari bilan birgalikda teatr, muzey va tarixiy obidalarga sayohat qilishlariga zamin yaratiladi. Qolaversa, haftaning shanba kunlari muassasalarda oʻquvchilarning qiziqishlari va xohish-istaklaridan kelib chiqqan holda, turli fan toʻgaraklari, sport seksiyalari va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ham tashkil etiladi.

Mazkur topshiriq ijrosini taʼminlash maqsadida shu yilning 1 martidan eʼtiboran respublikadagi barcha umumtaʼlim maktablarining 1-sinf oʻquvchilari haftasiga 5 kunlik oʻqishga oʻtadi. Yangi oʻquv yilidan esa bosqichma-bosqich qolgan boshlangʻich sinflar ham haftasiga 5 kunlik oʻqishga oʻtkaziladi. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.