Dunyoga mashhur Britaniya muzeyida sayyoramizning turli hududlaridan olib kelingan 8 milliondan ortiq eksponat saqlanadi.
Ana shu eksponatlardan biri mashhur hukmdor Amir Temurning nabirasi, buyuk olim, astronom dunyo ilm ahli yuqori baholagan «Zichi Kurogoniy» asarining muallifi Mirzo Ulugʻbekka tegishli yashil nefrit (yashma) toshidan yasalgan kosadir. Nodir kosa muzeyda №1959,1120.1 tartib raqami ostida saqlanadi.
Muzey saytida berilgan maʼlumotlarga koʻra, mazkur kosa taxminan 1420-1449 yillar oraligʻida Samarqandda yuksak mahorat bilan ishlangan. Kosa ovalsimon koʻrinishga ega boʻlib, unga taxminan 200-250 ml. suyuqlik sigʻadi. Qadimda odamlar orasida nefritdan yasalgan idishga zaharli suyuqlik solinsa, u parchalanib ketishi haqida afsonalar yurgan.
gujum.uz