Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutida Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bagʻishlangan «Yerkli elning erka shoiri» mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.
Unda soha vakillari, taniqli professor-oʻqituvchilar, olimlar, xorijlik mutaxassislar va OʻzR Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov, shoir Muhammad Yusufning umr yoʻldoshi Nazira-as Salom ishtirok etdi.
Anjuman qatnashchilari toʻrt yoʻnalishda – Muhammad Yusuf ijodi adabiyotshunoslik koʻzgusida, Muhammad Yusuf sheʼriyatining lingvopoetik xususiyatlari, Muhammad Yusuf ijodi va oʻzbek qoʻshiqchilik sanʼati, Muhammad Yusuf ijodi va teatr sanʼati deya nomlangan shoʻbalarda faoliyat yuritishdi.
Tadbirni institut rektori Eldor Shermanov kirish soʻzi bilan ochib berdi. U anjuman samimiylik va xalchillikka yoʻgʻrilgan shoir ijodini yanada keng targʻib etishga xizmat qilishini taʼkidladi.
OʻzR Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov ham anjuman ishtirokchilarini tabriklab, shoirning hayoti va ijodini abadiylashtirishga katta hissa qoʻshgan olim, sanʼatkor va jamoatchilik vakillarini “Muhammad Yusuf” nomidagi koʻkrak nishoni bilan taqdirladi.
Gujum.uz