Roʻyi zamin sayqali Samarqand 8-9-oktyabr kunlari triatlon boʻyicha Osiyo kubogiga mezbonlik qilmoqda. Bellashuvlarda 30 ta davlatdan sportchilar ishtirok etmoqda.
Musobaqa haqida maʼlumot: Ikki kunlik bellashuvlar triatlonning anʼanaviy yoʻnalishi: ochiq havzada 1,5 kmga suzish, 40 kmga velopoyga va 10 kmga yugurish dasturlari boʻyicha oʻtkazilmoqda. Bugun 70 nafar professional sportchi, ertaga esa 160 nafar havaskor atletlar chempionlik uchun bellashadi.
Eslatma: «Silk Road Samarkand» Markaziy Osiyodagi eng yirik sayyohlik markazi boʻlib, u dunyodagi mavjud boʻlgan 4 ta eshkak eshish kanallaridan biridir.
Sayyohlik markazining ochilish marosimi joriy yilning 25 avgust sanasida boʻlib oʻtdi va triatlon boʻyicha Osiyo Kubogi ushbu maskanda oʻtkazilayotgan birinchi musobaqadir.
J. SAʼDULLAYEV