Bugun Tokio shahrida XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlari rasman start oladi

0
96
marta koʻrilgan.

Bugun jahon sportchilari  orziqib besh yil kutgan kun yetib keldi. Yana bir necha soatdan soʻng Yaponiyaning Tokio shahrida XXXII yozgi Olimpiya oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi boshlanadi.

Koronavirus pandemiyasi sababli oʻtgan yilga belgilangan ushbu musobaqa 1 yilga kechiktirildi. Bugun boʻlib oʻtadigan marosimda ishtirokchilarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida qatnashchilarning soniga cheklovlar qoʻyilgan.

Ochilish marosimi Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da start oladi. Unda ishtirokchi davlatlarning marshi alohida ahamiyat kasb etadigan jarayondir. Anʼanaga koʻra, paradda birinchi boʻlib zamonaviy Olimpiya oʻyinlarining asoschisi hisoblanmish Gretsiya chiqib keladi. Shundan soʻng mezbon davlat alifbosi boʻyicha mamlakatlar ketma-ketligi “Olimpiya stadioni”da koʻrinish beradi. Eʼtiborlisi, Oʻzbekiston nomi yapon alifbosida oldi qatorlardan boʻlib, tartib raqam boʻyicha 25-oʻrindan joy olgan.

Hozir Tokiodagi Oʻzbekiston delegatsiyasi shtabida ochilish marosimiga katta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Jumladan, shtabda kichik yigʻilish oʻtkazilib, ishtirokchilar roʻyxati shakllantirildi. Shuningdek, qatnashchilarning rasmiy kiyimi tayyorlanib, barchasi taxt holatga keltirilmoqda.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.