Butunjahon shaxmat Olimpiadasida oʻsmirlarimiz terma jamoasi 2-oʻrinda

0
280
marta koʻrilgan.

Turkiyaning Chorum shahrida 16 yoshgacha oʻsmirlar oʻrtasida Butunjahon shaxmat Olimpiadasi bellashuvlari  yakunlandi. Mazkur musobaqada Xalqaro toifadagi grossmeysterlar Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, FIDE sport ustalari Ali Kasimov, Muhiddin Madaminov va Umida Omonova ishtirok etdi.

Olimpiada 9 turdan iborat boʻlib, shveysarcha tizimda tashkil etildi. 9 tur natijasiga koʻra, mamlakatimiz terma jamoasi 15 ochko jamgʻarib, 2-oʻrinni egalladi. Ozarbayjon terma jamaosi shohsupaga koʻtarilgan boʻlsa, belaruslik yosh shaxmatchilar kuchli uchlikni yakunlab berishdi.

 Shuningdek, sportchilarimiz shaxsiy natijaga koʻra ham qator medallarga sazovor boʻldilar. Xalqaro grossmeysterlar Nodirbek Abdusattorov 1-taxtada 2-oʻrinni, Javoxir Sindarov esa 2-taxtada 2-oʻrinni egalladi.

Gʻoliblar  Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

J. Saʼdullayev tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.