Buxoroda sport ustasi A. R. Kamolov xotirasiga bagʻishlangan 2005-2007 yillarda tugʻilgan yoshlar oʻrtasida yunon-rum kurashi boʻyicha respublika ochiq turniri Buxoro olimpiya zahiralari kollejida oʻtkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasida yunon-rum kurashini ommalashtirish, sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, yosh sportchilarning mahoratini oshirish, terma jamoa tarkibida sport zahirasini tayyorlash va MDH davlatlari va Oʻzbekiston Respublikasi viloyat va shaharlar oʻrtasida doʻstona sport munosabatlari mustahkamlash maqsadida uyushtirilgan tadbir Buxoro viloyati turizm va sport boshqarmasi va Buxoro viloyati sport kurash assotsiatsiyasi bilan birgalikda amalga oshirildi.
Sport bellashuvida Husenov Shavkat bosh hakam va Sayfiyev Baxtiyor bosh kotib vazifasini bajardi.
Turnirda Tojikiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Oʻzbekiston viloyatlari va shaharlarining terma jamoalari ishtirok etdi. Musobaqa UWW ning amaldagi qoidalariga muvofiq oʻn ikki vazn toifalari oʻrtasidagi yoshlar oʻrtasida oʻtkazildi.
Har bir vazn toifadagi gʻolib va sovrindorlar Buxoro viloyati turizm va sport boshqarmasi va Buxoro viloyati sport kurash assotsiatsiyasi tomonidan medal va diplom bilan taqdirlandilar.
Tadbir Covid-19 pandemiyasini hisobga olgan holda, barcha musobaqa ishtirokchilari, trener va hakamlar tibbiy koʻrikdan oʻtganligi hujjati asosida ishtirok etishdi.
Javlon SAʼDULLAYEV tayyorladi.