Buxoroda voleybol boʻyicha Oʻzbekiston chempionati yakunlandi

0
604
marta koʻrilgan.
Buxoro shahrida voleybol boʻyicha 2002-2003 yillarda tugʻilgan qizlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionatining II tur oʻyinlari oʻz nihoyasiga yetdi.
 
2002-2003 yillarda tugʻilgan qizlar oʻrtasida ilk marotaba oʻtkazilayotgan mavsumning II tur bahslarida Andijon, Navoiy, Xorazm, Fargʻona, Sirdaryo, Buxoro, Qoraqalpogʻiston, Namangan hamda Jizzax viloyatlari jamoalari oʻzaro kurash olib bordilar.
 
Tur yakuniga koʻra, birinchi guruhda barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratib, 12 ochko jamgʻargan Jizzax viloyati sportchilari yetakchilikni qoʻlga kiritishdi.
 
Ikkinchi guruhda esa Buxoro vakillari 12 ochko toʻplab, birinchi boʻlishdi. 
 
Maʼlumot uchun, 20-27 mart kunlari Navoiy shahrida 1999-2001 yillarda tugʻilgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston VII chempionatining ikkinchi tur musobaqasi boʻlib oʻtadi.
 
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.