Buyuk davlat va siyosat arbobi — Islom Karimov

0
1071
marta koʻrilgan.

Mamlakatimizda Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavallud kuni munosabati bilan qator tadbirlar oʻtkazilmoqda.

Islom Karimov oʻzining koʻp qirrali siyosiy faoliyati, oliyjanob insoniy fazilatlari bilan mamlakatimizning koʻp asrlik tarixida yangi sahifa ochdi va oʻchmas iz qoldirdi. Oʻzbekiston mustaqqilliginitaʼminlashda yetakchilik qildi. Yurtimizni, elimizni jahon maydoniga olib chiqdi. U buyuk shaxs va davlat arbobi sifatida nafaqat Oʻzbekistonda, balki xalqaro hamjamiyatda ham katta hurmat va eʼtiborga ega boʻldi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdugʻaniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish toʻgʻrisida” gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, 2020 yil 29 yanvarda Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi oʻquv zalida axborot-bibliografiya xizmati mutaxassislari tomonidan “Buyuk davlat va siyosat arbobi — I. A. Karimov” mavzuda kitob-rasmli koʻrgazma tashkil etildi.

Bilim  maskanimizga kelayotgan kitobsevarlar koʻrgazmadagi adabiyotlar bilan tanishtirilmoqda. Ularning maʼrifiy bilimlarini oshirish maqsadida bibliografik obzor oʻtkazilmoqda.

Hafiza KARIMOVA,
Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi direktori

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.