Buyuk tafakkur sohiblari – Navoiy va Boburga ehtirom

0
557
marta koʻrilgan.

Poytaxtning  Yunusobod tumanidagi  302-sonli maktabda «Buyuk tafakkur sohiblari – Alisher Navoiy va Boburga ehtirom» mavzuida tadbir boʻlib oʻtdi.

 Ulugʻ mutafakkirlarning boy maʼnaviy merosi asrlar osha butun bashariyatni hayratga solib, oʻlmas asarlari yoshlarning ongu shuuriga ezgulik, insonparvarlik, saxovat, mehr-muruvvat ziyosini taratishda munosib xizmat qilib kelmoqda. Mamlakatimizda ayni kunlarda buyuk tafakkur sohiblariga ehtirom koʻrsatish, asarlarini oʻrganish, uni dunyoda keng targʻib etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. 

Ikki buyuk siymo Navoiy va Boburga ijodi va hayotiga bagʻishlangandan tadbirda oʻquvchilar tayyorlagan dasturi bilan faol qatnashdilar. Oʻquvchilar ijrosida Alisher Navoiy gʻazallari yangradi. »Boburnoma” asaridan lavhalar oʻqildi Yosh ijodkorlar ikki ulugʻ siymolarga bagʻishlangan sahnalashtirilgan dasturni namoyish qilishdi.

Ularning ijrosiga Oʻzbekiston xalq artisti Yoqub Ahmedov yuqori baho berdi: – Butun dunyo eʼtirof etayotgan buyuk bobokalonlarimiz Mir Alisher Navoiy va Bobur siymolarini sahnada gavdalantirish oson vazifa emas. Bu katta masʼuliyat yuklaydi. Oʻzim Navoiy obrazini sahnada gavdalantirish  baxtiga muyassar boʻlganimdan juda xursandman. Hozir allamalarning yuksak ruhiy-maʼnaviy qiyofasini ochib berishga intilayotgan oʻquvchilarning ijrosini,  masʼuliyatini koʻrib, u  zotlarning siymosi mangu barhayotligini chuqur his qildim. Bu ijrolar yoshlarga katta masʼuliyat yuklaydi.

Shuningdek, tadbirda Oʻzbekiston xalq artisti Muhammadali Abduqunduzov, Shuhrat ordeni sohibasi aktrisa Dilnoza Kubayeva, Oʻzbek Davlat  Xoreografiya akademiyasi katta oʻqituvchisi Shavkat Umarov va “Billur” MFY raisi Axat aka Raxmatovlar qatnashib oʻquvchilarimiz ijrosiga alohida baho berishgani ularni yanada ruhlantirdi. Ezguliklarga yoʻnaltirdi.

Nodira Yusupova,

302- maktab maʼnaviy- maʼrifiy ishlar boʻyicha rahbar oʻrinbosari

 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.