CHEMPIONLAR YURT FAXRI

0
126
marta koʻrilgan.

Poytaxtimizdagi Olimpiya shon-shuhrati muzeyida 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan «Chempionlar yurt faxri» tadbiri tashkil qilindi.

Tadbirda  yaqinda  Moskva shahrida “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari oʻrtasida boʻlib oʻtgan jahon chempionatida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan yosh futbolchilarga Milliy olimpiya qoʻmitasi sovgʻalari – velosipedlar taqdim etildi.

Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov yosh chempionlarni gʻalaba bilan tabriklab, samimiy tilaklar bildirdi: «Sizning gʻalabangiz barcha tengdoshlaringizning gʻalabasi! Ushbu yutuqlaringiz yurtimizda sogʻlom avlod tarbiyalashga keng imkoniyatlar yaratilayotganligini oʻzida ifoda etadi. Siz bugun oʻz muassasalaringiz qahramonlarisiz. Safdoshlaringiz sizlarga qarab yangi marralarga intiladilar. Kelajakda yanada ulugʻvor muvaffaqiyatlar tilab qolaman».

Taqdirlash marosimidan soʻng «Bulbulcha» bolalar ashula va raqs guruhi oʻzlarining jozibador kuy va qoʻshiqlari bilan barchani hushnud etishdi. Tadbir yakunida uning ishtirokchilari yosh chempionlarga oʻzlari qiziqqan savollar bilan murojaat qilishdi. Tadbir sermazmun va qizgʻin kechdi.

J. Saʼdullayev

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.