Chet tillaridan milliy va xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga test sinovlarida yangi imtiyozlar berildi

0
457
marta koʻrilgan.

2019-2020 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish sinovlarida chet tillaridan milliy va xalqaro sertifikatga ega abituriyentlarga test sinovlarida yangi imtiyozlar beriladi, deya xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va Oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati.

Jumladan, test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) majmuasiga chet tili (ingliz, nemis, fransuz, ispan, turk, arab, fors, dari, hind, urdu, xitoy, koreys, uygʻur, italyan, yapon tillari) birinchi (asosiy) fan sifatida kiritilgan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga hujjat topshirgan va Davlat test markazi tomonidan beriladigan chet tilini bilish darajasi toʻgʻrisidagi sertifikat yoki xalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega boʻlgan abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi:

  • ingliz tili uchun – milliy sertifikat yoki IELTS 5,5, TOEFL IBT 72, Cambridge Assessment English FCE xalqaro tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
  • yapon tili uchun – milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
  • nemis tili uchun – milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD), Test Deutsch als Fremdsprache (Test DAF) xalqaro tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
  • fransuz tili uchun – milliy sertifikat yoki Diplôme d’Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Français (TCF) xalqaro tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
  • boshqa tillar uchun – milliy sertifikat yoki xalqaro tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori.
    Hukumat qaroriga koʻra, test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihon) chet tili birinchi (asosiy) boʻlmagan fan sifatida kiritilgan boshqa bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga (Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari bundan mustasno) hujjat topshirgan va milliy yoki xalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega boʻlgan abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi:
  • ingliz tili uchun – milliy sertifikat yoki IELTS 4,5, TOEFL IBT 42, Cambridge Assessment English PET xalqaro tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori;
  • yapon tili uchun – milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 3) xalqaro tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori;
  • nemis tili uchun – milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD) xalqaro tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori;
  • fransuz tili uchun – milliy sertifikat yoki Diplôme d’Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Français (TCF) xalqaro tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori;
  • boshqa tillar uchun – milliy sertifikat yoki xalqaro tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B1 va undan yuqori.

Toshkent davlat yuridik universitetining bakalavriat yoʻnalishiga hujjat topshirgan va milliy yoki xalqaro sertifikatning quyidagi darajalariga ega boʻlgan abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi:

  • ingliz tili uchun – milliy sertifikat yoki IELTS 5,5 (bunda writing modulidan 5,5  ball), TOEFL IBT 72, Cambridge Assessment English FCE va CAE xalqaro tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
  • yapon tili uchun –  milliy sertifikat yoki Japanese Language Proficiency Test (JLPT № 2) xalqaro tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
  • nemis tili uchun – milliy sertifikat yoki Goethe-Zertifikat, Deutsches Sprachdiplom (DSD II) xalqaro tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
  • fransuz tili uchun – milliy sertifikat yoki Diplome d’Etudes en Langue Française (DELF), Test de Connaissance du Français (TCF4) xalqaro tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori;
  • boshqa tillar uchun – milliy sertifikat yoki xalqaro tizimlari boʻyicha tilni bilish darajalari B2 va undan yuqori.

Shuningdek, universitetning magistratura mutaxassisliklariga hujjat topshirgan va milliy yoki xalqaro sertifikatning tegishli darajalariga ega boʻlgan abituriyentlarga chet tili fanidan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.  

2019 yilga qadar DTM tomonidan berilgan milliy sertifikatning imtiyozi uning amal qilish muddati davrida saqlanib qolinadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.