“Choy“ filmi Kann festivali doirasida Gran-pri sovrindori boʻldi

0
263
marta koʻrilgan.
Fransiyaning Kann shahrida 14-25 may kunlari boʻlib oʻtgan xalqaro kinofestival doirasida boʻlib oʻtgan “International Festival Entrʼ2 marches” qisqa metrajli filmlar festivalida hamyurtimiz, yosh, umidli kinorejissyor Shokir Xoliqovning “Choy” deb nomlangan filmi Gran-priga sazovor boʻlgani haqida xushxabar tarqaldi.
 
Bu oʻzbek kinosi uchun tarixiy voqea. Bu festivalni Kanning asosiy festivaliga solishtirib, oddiy til bilan tushuntiradigan boʻlsak, sportchilarning Olimpiada hamda Paraolimpiadasiga qiyoslash mumkin. U qanday nomlanmasin, baribir Kann kinofestivali sanaladi va bu oʻzbek kino sanʼatida sodir boʻlgan katta hodisa. 
 
Oʻtgan yili Kann safari chogʻida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Raʼno Shodiyeva aynan shu yoʻnalishda oʻzi boshqarayotgan markaz nomidan film qilish niyatini bildirgan edi. Shokir Xoliqov esa ana shu niyatni amalga oshirdi.
 
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.