Maʼlumki, davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formalarini majburiy qilib belgilash 2024/2025-oʻquv yiliga qodirilgan.
Garchan, yagona maktab formasining majburiyligi kechiktirilgan boʻlsada, davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi avvalgi nizom amalda saqlanib qolmoqda.
Shundan kelib chiqqan holda Xalq taʼlimi vazirligi yangi oʻquv yilida davlat umumtaʼlim maktablarida maktab formasi sifatida quyidagi kiyim-kechaklarni tavsiya qiladi:
1) oʻgʻil va qiz bollar uchun – tepasi oq (klassik koʻylak), pasti qora (klassik shim va yubka) boʻlgan kiyim;
2) maktab tomonidan avvalgi yillarda joriy etilgan va bugungi kunga qadar kiyishga yaroqlilikni saqlab qolgan forma;
Oʻquvchilarni vazirlik tomonidan tavsiya etilgan variantlardan tashqari boshqa kiyim-kechaklarda hamda turli bosh kiyimlarda (taʼlim muassasasida oʻtkaziladigan turli tadbirlar jarayoni bundan mustasno) maktab hududida yurishi taʼlim muassasasining ichki tartib hamda odob-axloq qoidalarining buzilishiga olib keladi. Mazkur holat taʼlim muassasalarida oʻquvchi yoshlar oʻrtasida ijtimoiy tenglikni taʼminlashga qaratilgan.
Maktab direktorlari tomonidan maktab formasini markazlashgan holda oldi-sotdi ishlarini tashkil qilinishi qatʼiyan taqiqlangan.