Davlat xizmatlari koʻrsatish jarayoni tubdan oʻzgarmoqda

0
518
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev faollar yigʻilishidan soʻng Navoiy shahridagi Davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi,  deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

Markazda elektron navbat tizimi joriy etilgan, fuqarolarga yuzdan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatiladi. Notarial xizmatlar, fuqarolik holati dalolatnomalari yozish, pasportni rasmiylashtirish, haydovchilik guvohnomasini almashtirish va boshqalar shu yerning oʻzida amalga oshiriladi. 

Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida bolalar maydonchasi, kafe, kitob javonlari, bepul Wi-Fi tashkil etilgan. Bu yerga kelganlar ulardan foydalanib, kutish vaqtini mazmunli oʻtkazishi mumkin.

Markazga kelolmaydigan hamda olis ovul va mahallalarda yashaydigan aholi uchun maxsus transportlarda joylarga chiqqan holda xizmat koʻrsatiladi.   

Prezidentimiz Xalq qabulxonasining markazdagi boʻlimiga kirib, xodimlar bilan suhbatlashdi. Aholi qanday masalalar boʻyicha murojaat qilayotgani bilan qiziqdi.

Shu yerda Navoiy viloyatida tadbirkorlik, kichik biznes va hunarmandlikni rivojlantirishga doir loyihalar taqdimoti oʻtkazildi. Xususan, eksperiment tariqasida “Navoiy – tadbikorlar viloyati” loyihasi amalga oshiriladi. Bunda tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida ularni roʻyxatdan oʻtkazishda davlat boji ikki barobar kamaytiriladi. Qator xizmat koʻrsatish sohalariga imtiyozlar beriladi. 

 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.