Deputatlar uchrashuvi

0
132
marta koʻrilgan.

Xalq deputatlari Toshkent shahar va Sergeli tumani Kengashlari deputatlari X.Qoʻchkarova va S.Xasanovalar “Xalqobod” va “Madaniyat” mahallalarida boʻlib mahalla faollari bilan suhbatda boʻlishdi.

Suhbat davomida deputatlar Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi tomonidan imzolangan “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning maʼnaviyati va madaniyatini yuksaltirish, ijtimoiy faolliklarini oshirish boʻyicha Toshkent shahar tajribasini yaratish chora-tadbirlar” rejasining 14-bandi ijrosi asosida joriy yilning 21-23 noyabr kunlari mahalladagi xotin-qizlar bilan oʻtkazilgan uchrashuvlar davomidagi murojaatlarni ijrosini taʼminlanganligi yuzasidan axborot berdilar. Deputatlar tomonidan extiyojmand oilalarga moddiy yordam va kiyim-kechaklar taqdim etildi.

Shundan soʻng, mahalla faollari va deputatlar “Xalqobod” mahallasi hududida joylashgan 297 maktabgacha taʼlim muassasasiga borib, bolajonlar tomonidan yangi yil munosabati bilan ijro etilgan qoʻshiq va rakslarni tomosha qilishdi. Tadbir soʻngida bolajonlarga kiyim-kechak va uyinchoqlar sovgʻa etildi.

Mavluda Tadjiyeva tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.