Poytaxtimizdagi “Saxovat sport servis“ majmuasida tennis boʻyicha “Devis kubogi”ning pley-off bahslari boʻlib oʻtdi.
Unda Oʻzbekiston terma jamoasi jahon ligasiga chiqish uchun Serbiya terma jamoasi bilan oʻzaro kuch sinashdi.
Jamoalar oʻrtasida juftlik va yakkalik bahslari oʻtkazildi. Juftlik bellashuvlarida Sanjar Fayziyev va Denis Istomin tandemi Nikola Miloyevich va Viktor Troitski juftligini 2:6, 6:1, 6:2 hisobida taslim qildi.
Yakkalik bahslarida mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Dushan Layovichni 6:3, 6:4 hisobida yengdi va umumiy hisobni 2:2 koʻrinishiga olib keldi.
Terma jamoalar oʻrtasidagi soʻnggi uchrashuvda Sanjar Fayziyev va Filip Krayinovich oʻzaro raqobatlashdi. Mazkur oʻyin 6:4, 3:6, 0:6 hisobida yakunlandi.
Shu tariqa Oʻzbekiston va Serbiya terma jamoalari oʻrtasidagi oʻyin 2:6 hisobida yakunlandi. Endi Serbiya termasi noyabr oyida oʻtadigan jahon ligasida kuch sinashadi.