Direktorlarning yagona maktab formasi savdosini yoki boshqa bichimdagi formalarni markazlashgan holda joriy etishni tashkil etishi taqiqlanadi, deya yozadi Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati.
Eslatib oʻtamiz, Vazirlar Mahkamasi tomonidan yagona maktab formasi 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab joriy etilishi haqida qaror qabul qilgandi.
2024/2025 oʻquv yiliga qadar oʻquvchilar maktablarga yagona maktab formasida kelishlari ixtiyoriy boʻladi. Shuni taʼkidlash lozimki, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi hududlar kesimida oʻquvchilar uchun maktab formalari ishlab chiqaruvchi korxonalar roʻyxatini eʼlon qilgan. Ota-onalar formalarni ulardan sotib olishlari mumkin.