Joriy yilning 2 noyabr kuni Davlatimiz rahbari raisligida aholini uy-joy bilan taʼminlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilib, unda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish va 10 dekabrga qadar daraxt ekish boʻyicha “Dolzarb 40 kunlik” eʼlon qilingandi.
Bu loyiha doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish, shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi “Yashil makon” umummilliy loyihasida soha vakillarining ham munosib hissa qoʻshishini taʼminlash maqsadida “Dolzarb 40 kunlik” aksiyasini qoʻllab quvvatladi. Bugun 14 noyabr kuni bir qator faol OAV vakillari bilan Toshkent shahri Bogʻishamol koʻchasida koʻchat ekish tadbirini uyushtirdi.