“Dolzarb 40 kunlik” aksiyasiga jurnalistlar ham munosib hissa qoʻshishdi

0
98
marta koʻrilgan.

Joriy yilning 2 noyabr kuni Davlatimiz rahbari raisligida  aholini uy-joy bilan taʼminlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazilib, undaYashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish va 10 dekabrga qadar daraxt ekish boʻyicha “Dolzarb 40 kunlik” eʼlon qilingandi.

 Bu loyiha doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish, shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan  Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi “Yashil makon” umummilliy loyihasida soha vakillarining ham munosib hissa qoʻshishini taʼminlash maqsadida “Dolzarb 40 kunlik” aksiyasini qoʻllab quvvatladi. Bugun  14 noyabr kuni bir qator faol OAV vakillari bilan  Toshkent shahri Bogʻishamol koʻchasida  koʻchat ekish tadbirini uyushtirdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.