Dolzarb mavzu: internetda muloqot shakllari va xususiyatlari

0
141
marta koʻrilgan.

Jahon tarmogʻi – internet kun sayin rivojlanib bormoqda. Internetda muloqotlari imkoniyati ham kengaymoqda. Hozirgi kunda internetda muloqotning quyidagi shakllari mavjud: telekonferensiya, chat, MUDs (“multi-user dimension”)  – rolli oʻyin, unda koʻpchilik  foydalanuvchilar bir virtual muhitga birlashadilar) va e-mail (shaxsiy pochta) boʻyicha yozma aloqalar.

 Internet- muloqot tadqiqotchilari internetda muloqot usullarini ularning interfaolligi darajasi boʻyicha ajratadi.  Telekonferensiyalar va e-mail yordamida on-line muloqot olib boradigan (IRC) va MUDs chatidan farqli ravishda, muloqot  off-line rejimida olib boriladi. Konferensiyada muloqot maʼlum mavzu atrofida yuritiladi, shu bilan bir vaqtda, yana odatdagi kabi chat oʻz mavzusiga ega boʻlmaydi (biroq mavzuli chatlar ham  boʻladi, masalan, mashhur  bir inson IRC kanali yoki web-chat orqali ishtirok  etadi va u qiziquvchilarga javob beradi. Windows yoki IOS2 kanallarida tegishli operatsion tizimlar muhokama qilinadi; warez bir necha kanallari (koʻpincha- begonalar kirishi uchun yopiq) dasturiy mahsulotlarni muhokama qilishga bagʻishlangan.

Shunga qaramasdan, chatlarda koʻproq oʻz maqsadida muloqot qiladilar, telekonferensiyalar esa koʻpincha qandaydir maʼlum bir predmetga bagʻishlanadi. Internetda muloqot alohida shakli sifatida MUDs (“multi-user dimension” soʻzidan olingan) yaʼni rolli oʻyin, unda koʻpchilik  foydalanuvchilar bir virtual muhitga birlashadilar) muloqotini koʻrsatish mumkin, u on-line rejimida sodir boʻlishi bilan chat aloqasiga yaqin, biroq maqsadi – gʻalabaga intilishi yoʻqligi bilan farq qiladi.

Barcha aytib oʻtilgan muloqot shakllari kompyuter yordamida amalga oshirilishi sababli nomaʼlumlik, yashirinlik  xususiyatiga ega boʻladi, bu holat  turli muammoli  oqibatlariga ega boʻladi. Birinchidan, internet aloqalarda muloqotning noverbal vositalari oʻz ahamiyatini yoʻqotadi.  Matnli aloqalar davomida <<smayliklar (ular yuzga yaqin va ularning toʻla toʻplami www.ora.com/catalog/smileys sahifasida keltiriladi) yordamida oʻz hissiyotlarini ifoda etish imkoni borligiga qaramay, aloqa paytida ishtirokchilarning yoningizda mavjud emasliklari sababli hissiyotlarini faqatgina ifoda etish emas, balki yashirish, hozirgi holatda mavjud boʻlmagan hissiyotlarini ifoda etish ham mumkin boʻladi. 

Shuning uchun «Internetda jiddiy suhbat olib borish oson»; «Internetda odamlar xafa boʻlmaydilar, chunki bundan naf yoʻq — baribir xafa boʻlayotganligini hech kim koʻrmaydi»; «Internetda har qanday insonlar bilan, muloqot qilish mumkin, ularning koʻrinishi muloqotga halaqit qilmaydi, «Internetda ancha katta yoshli inson bilan teng suhbatlashishingiz mumkin va uning yoshi kattaligini bilsangiz ham bu xalaqit qilmaydi, Yaʼni, internetda muloqot qilayotgan sheriklarning bir-birlarini jismoniy koʻrmasliklari sababli ularning tashqi koʻrinishlari, jinsi, yoshi, ijtimoiy holati ifoda etiladigan hamda uning kommunikativ malakasi, aniqrogʻi kommunikativ malakasi noverbal qismi bilan ifoda etiladigan aloqa boʻyicha sheriklarning koʻrsatkichlari yoʻqligi  sababli mavjud boʻlishi mumkin boʻlgan qator toʻsiqlar ahamiyatini yoʻqotadi.

Virtual muloqotning boshqa bir muhim oqibati —oʻzi toʻgʻrisida oʻzi xohlagan taassurotni yaratishi mumkinligi hisoblanadi. «Virtual muhitda umuman kim boʻlishni xohlasangiz, oʻsha boʻlishingiz, xohlaganingizcha koʻrinishingiz mumkin, umuman aytganda, ROU dunyo uchun xos cheklanishlar yoʻq». Internet  muloqotining anonimligi insonga oʻzini taqdim etish imkoniyatlarini boyitadi, unga nafaqat xohlaganicha taassurot yaratish, balki kim boʻlishni xohlasa, shu  imkonni beradi, Yaʼni, internet aloqalarining oʻziga xos xususiyati shuki, oʻzini istaganicha koʻrsatish imkoni mavjud. Bu esa yolgʻonlarga, aldamchilikka ham yoʻl ochib beradi.

Xulosa qilib aytganda, internetda muloqot turlari kun sayin koʻpayib, uning imkoniyatlari kengayib bormoqda. Bu esa biz psixologlar uchun alohida tadqiq etilishi zarur boʻlgan mavzudir.

Sayyora MIRZAYEVA, Chirchiq davlat pedagogika universiteti Psixologiya kafedrasi dotsenti 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.