Dushanbe shahrida futbolchi oʻsmir  qizlarning xalqaro turniri davom etyapti

0
166
marta koʻrilgan.

Ayni paytda Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida oʻsmir qizlar (U-17) oʻrtasida Markaziy Osiyo jamoalari oʻrtasida «CAFA U17 Womenʼs Championship 2021» xalqaro turniri davom etyapti. Yosh qizlarimiz mezbon Tojikiston bilan durang oʻynashdi, eronliklarni esa magʻlub etishdi

Eron, Qirgʻiziston, Tojikiston, Afgʻoniston va oʻzbek futbolchi qizlari ishtirok etayotgan musobaqada 3 va 5 iyul kunlari 1 va 2 — tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi.

Ilhom Xanjariyev ustozlik qilayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi dastlab maydon egalariga qarshi kurash olib bordi. Respublika «Markaziy» stadionida oʻtgan bahsda jamoalar 1:1 hisobidagi durang natija qayd etishdi. Oʻzbek jamoasining yagona goliga Leyla Rustullayeva mualliflik qildi. Ikkinchi turda terma jamoamizga musobaqa favoritlari hisoblangan Eron vakillari raqiblik qildi. Uchrashuvda terma jamoamiz muvaffaqiyat qozondi. Leyla Rustullayeva tomonidan kiritilgan ikkita gol yakunda terma jamoamizga gʻalaba olib keldi.

Vakillarimiz soʻnggi uchrashuvni ertaga — 7 iyul kuni afgʻonistonliklarga qarshi oʻtkazishadi.

J. Saʼdullayev tayyorladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.