Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 yanvar kuni poytaxtimizdagi Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻydi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Marosimda Oliy Majlis palatalari, Prezident Administratsiyasi va hukumat vakillari, ziyolilar, shahar jamoatchiligi jam boʻldi.
Bu el-yurtga xizmat unutilmasligi, hamisha eʼzozlanishidan dalolat. Shavkat Mirziyoyevning eʼtibori bilan Birinchi Prezidentimizning xotirasi abadiylashtirildi, u kishi tavallud topgan 30 yanvar har yili nishonlanadigan boʻldi. Toshkentda ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasi tashkil etildi. Samarqandga tashriflar chogʻida Islom Karimov maqbarasini ziyorat qilish ezgu anʼanaga aylandi.
Bu keyingi avlodlar uchun ham ibrat va namunadir. Marosimda ana shunday ehtirom va birdamlik namoyon boʻldi. Qurʼon oyatlari oʻqilib, duo qilindi. Birinchi Prezidentimizning xalq manfaati yoʻlida qilgan ishlari, fazilatlari yodga olindi.
Shunday tadbirlar Samarqand va Qarshi shaharlarida ham oʻtkazildi.