“El-yurt umidi” jamgʻarmasi tanlovlari uchun imtihon boshlandi

0
83
marta koʻrilgan.

“El-yurt umidi” jamgʻarmasining joriy yilgi ikkinchi ochiq stipendiya tanlovi ikkinchi bosqichiga tavsiya etilgan nomzodlar uchun test sinovlari boshlandi.

Test sinovida talabgorlarga 30 ta savol, jumladan, tahliliy fikrlash — 15 ta, IQ — 15 ta va ularni ishlash uchun 60 daqiqa vaqt berildi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan tayyorlangan test sinovlari hududlar kesimida, belgilangan grafikka asosan oʻtkazildi.  

Taʼkidlash joizki, xorijda taʼlim olish dasturlari mamlakatimizda davlat xizmatchilarining sifat tarkibini yaxshilashga xizmat qiladi.  

Gulnoza Boboyeva, OʻzA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.