Elga xizmat – oliy himmat!

0
2362
marta koʻrilgan.

Davlat xizmatlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan Qoʻshkoʻpir tumanidagi Uygʻur qishlogʻi aholisi uchun maxsus jihozlangan avtobusda sayyor davlat xizmatlari tashkil etildi.

Tuman markazidan 22 km uzoqlikda joylashgan qishloqda Davlat xizmatlari agentligining Koʻchma tadbiri oʻtkazilishidan  asosiy maqsad – aholiga  turli toʻsiqlarsiz, ortiqcha hujjatlarsiz va chiqimlarsiz davlat xizmatlari koʻrsatishdan iboratdir. Ayniqsa, ushbu xizmat xotin-qizlar va yosh onalarning ogʻirini yengil qilmoqda.

Ushbu tadbirda qishloq aholisidan farzandlarini davlat maktabgacha taʼlim muassasiga qabul qilish, kadastr hujjatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va avtomobil transportida yoʻlovchilarni tashish faoliyatini litsenziyalash va boshqa koʻplab xizmat turlari boʻyicha murojaatlar qabul qilindi.

Davlat xizmatlari agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarning bari yurtdoshlarimizning davlat xizmatlaridan koʻngli toʻlib va unumli  foydalanishlari yoʻlida qilinayotgan saʼy-harakatlar boʻlib, ularning vaqtini va xarajatlar chiqimini kamaytirmoqda.

Maftuna Roʻzimatova,

 Davlat xizmatlari agentligi Xorazm viloyati

boshqarmasi Jamoatchilik va OAV

bilan aloqalar shoʻbasi yetakchi maslahatchisi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.