Elimizga, yurtimizga, har bir oilaga  qut-baraka ensin!

0
258
marta koʻrilgan.

Mamlakatimizning  har bir  soʻlim joylari, madaniy-maʼrifiy maskanlari jumladan, har bir maktab hamda  maktabgacha taʼlim muassasasi bayramona bezangan.  Koʻrkam archalar bolajonlar quvonchiga quvonch qoʻshib, ularning dillarini yayratmoqda. Ayniqsa,  bayram bazmlari bolajonlarga olam-olam zavq ulashmoqda.

Tashkent  shahrining Chilanzor tumanidagi “Tabassum” nomli maktabgacha taʼlim muassasasida Yangi yil bayrami munosabati bilan tashkil etilgan madaniy – maʼrifiy tadbir ham kichkintoylar qalbini shodlikka toʻldirdi.

Koʻrkam archa atrofida oʻtgan bayram tadbirida kichkintoylar shoʻx qoʻshiqlar kuylashdi, jarangdor ovozda sheʼrlar oʻqishdi, qiziqarli ertaklar asosidagi sahna koʻrinishlari namoyishida oʻzlari ham qatnashib yayrashdi.

Yangi yilda elimizga, yurtimizga, har bir oilaga  qut-baraka ensin! Koʻzmoʻnchoq bolajonlarimizning oʻziga, quvonchlariga koʻz tegmasin.

Vatan kelajagi boʻlgan farzandlarimizning shodliklariga shodliklar ulanaversin! Farahli hayoti bardavom boʻlishini Ollohdan soʻrab qolamiz.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.