Endi abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etish uchun toʻlov undiriladi

0
165
marta koʻrilgan.

Test sinovlari oʻtkazilayotgan yildan avvalgi yillarda taʼlim muassasasini tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etish uchun ekihning yarim baravari (101365 soʻm) miqdorida toʻlov undiriladi, deya xabar beradi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining telegramdagi rasmiy kanali. Nogironligi boʻlgan yoki toʻliq davlat taʼminotidagi shaxslar bundan mustasno sanaladi.

Abituriyentlar otmlarga hujjat topshirish uchun murojaat etganda, joylardagi banklar kassalari, davlat xizmatlari markazlari orqali roʻyxatdan oʻtish uchun  murojaat etganda, davlat xizmatlari markazlarida joylashgan bank kassalari hamda markazlar xodimlariga naqd yoki naqd pulsiz koʻrinishda toʻlov amalga oshirishlari mumkin.

Mazkur toʻlovlar vazirlar mahkamasi huzuridagi davlat test markazi faoliyatini rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.