Endi dunyoning barcha prodyuserlari Oʻzbekistonda kino surʼatga olinuvchi manzillari haqida maʼlumotga ega boʻladi

0
230
views

Endi dunyoning barcha prodyuserlari Oʻzbekistonda kino surʼatga olinuvchi manzillari haqida maʼlumotga ega boʻladi, deya xabar beradi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati.

Dunyo kinosanoati sohasidagi nufuzli nashr – World of Locations jurnali Oʻzbekistondagi kinolokatsiyalar, bu mamlakatda film suratga olish imkoniyatlari haqida maqola eʼlon qildi.

26 ming nusxada chop etiladigan ushbu ixtisoslashgan nashr Berlin, Kann, Gong Kong, London hamda dunyoning turli shaharlarida boʻlib oʻtadigan kino sanoati tadbirlarda bir yil davomida tarqatiladi.

World of Locations – kinofilmlar yaratishni tashkil qilish, suratga olish uchun manzillar haqida maʼlumot berib, butun dunyodagi prodyuserlar oʻz loyihalarini amalga oshirish va hamkorlar topish uchun oʻqiydi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here