Yengil atletika. Oʻzbekiston chempionati yakunlandi

0
405
marta koʻrilgan.

14-16 fevral kunlari poytaxtimizda yopiq inshootlarda yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻtkazildi.

Respublika Olimpiya zaxiralari sport kollejida tashkil qilingan turnirda mamlakatimizning turli viloyatlaridan tashrif buyurgan 300 nafar sportchi ishtirok etdi.
 
Musobaqa yakunlariga koʻra, birinchi guruhda 409,9 ochko toʻplagan Samarqand viloyati terma jamoasi birinchi oʻrinni egalladi. Ikkinchi oʻrinni 328,5 ochko jamgʻargan Toshkent viloyati terma jamoasi qoʻlga kiritgan boʻlsa, uchinchi oʻrin 105 ochko yiqqan Andijon viloyati terma jamoasiga nasib qildi.
 
Ikkinchi guruhda esa kuchli uchlikka Sirdaryo (351,7 ochko), Namangan (329), Jizzax (201) terma jamoalari kirishga muvaffaq boʻldilar. 
 
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Matbuot xizmati
 
 
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.