Erkin Vohidov tavalludining 85 yilligiga bagʻishlangan “INSON OʻZING” nomli kitob taqdimoti

0
60
marta koʻrilgan.

Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxonasi va Olmazor tumani “Quyosh” mahallasi kutubxonasi hamkorligida Oʻzbekiston Qahramoni, Oʻzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov tavalludining 85 yilligiga bagʻishlangan “INSON OʻZING” deb nomlangan kitob taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Sobirova Vazira  tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu kitobxonlar, ziyolilar va ijodkorlar uchun adabiyot bayramida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri Ahmadjon Meliboyev, Oʻzbekiston Xalq artistlari Gavxar Zokirova va Malika Ibroximova, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Xurshid Doʻstmuxammad, OAV vakillari, Toshkent shahrining turli goʻshalaridan taniqli yozuvchilar, ijodkorlar, Oqila ayollar, Buvijonlar maktabining masʼullari, Quyosh mahallasining kitobsevar aholisi va keng kitobxonlar ommasi ishtirok etdilar.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar tomonidan shoirning xayoti va qizgʻin faoliyatiga “Inson oʻzing” kitobidan oʻrin olgan 100 dan ortiq xotiralar bilan birga boʻlib oʻtgan qiziqarli voqealar toʻgʻrisida fikr yuritdilar.

Shuningdek, Oʻzbekiston Qahramoning farzandlari, qarindosh urugʻlarining chiqishi, oʻz otalari, yaqinlari toʻgʻrisida faxrlanib, toʻlqinlanib, xotiralarini bilan oʻrtoqlashganlari ham barcha ishtirokchilarda katta taassurotlar qoldirdi.

Ayniqsa, Oʻzbekiston Xalq artistlari Gavxar Zokirova va Malika Ibroximovalarning Erkin Voxidov sheʼrlaridan, asarlaridan jonli tarzda obrazga kirib ijro etishlari, anjuman qahramonining qalamiga mansub asarlariga bastalangan kuylar, qoʻshiqlar va raqslar barchani mamnun etdi.

 Hafiza Karimova, Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.