Fanat Qahramonov gruzin bokschisini magʻlub etdi

0
115
marta koʻrilgan.

Tokio-2020 doirasidagi bellashuvlar qizgʻin kechmoqda. Har bir hamyurtimizning chiqishini xalqimiz eʼtibor bilan kuzatib,  barchasiga omadlar tilab turibdi.Boks yoʻnalishida  Fanat Qahramonov Olimpiadadagi debyut jangini oʻtkazdi. 

Hamyurtimiz unda gruziyalik Giorgi Xarabadzega qarshi ringga koʻtarildi. Butun bahs davomida oʻzining aniq va kuchli zarbalari bilan ajralib turgan Fanat yaqqol ustunlik bilan gʻalabaga sazovor boʻldi. -75 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan vakilimiz Fanat Qahramonov keyingi davrani qozogʻistonlik Amankul Abilxanga qarshi oʻtkazadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.