Jizzax viloyati, Forish tumanida madaniyat boʻlimi kutubxonasi, koʻzi ojizlar kutubxonasi hamda 1-umumtaʼlim maktabi bilan hamkorlikda “Xalqaro bolalar kitobi kuni” munosabati bilan “Kitob nurli kelajak” mavzusida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbirni kirish soʻzi bilan koʻzi ojizlar kutubxonasi mudiri D.Xudoyqulova ochib berdi hamda bolalarni kitob oʻqish madaniyatini oʻstirish, bolalar maʼnaviyatini kitob bilan boyitish haqida oʻz fikrlarini bildirdi.
Tadbirda S.Ilyosova, K.Hakimov, F.Toʻychiyev, A.Jumabekov, F.Abdukarimova kabi kitobxonlar kitob mutolaasi hamda vatan tuygʻusiga bagʻishlangan sheʼrlardan oʻqib berishdi.
Kutubxona foydalanuvchilari — R.Oʻtkirova, F.Sayfiddinova, X.Baxtiyorov, A.Kenjayevlar esa “Hech kimga bermaymiz seni Oʻzbekiston!” qoʻshigʻini kuylashdi.
Kecha yakunida tadbirda faol ishtirok etgan ishtirokchilarga faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Mavluda ASQARXOʻJAYEVA