Poytaxt, Yakkasaroy tumani: Fuqarolar murojaati masʼullar nigohida

0
197
marta koʻrilgan.

Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishgandayoq bir fikrni taʼkidlagandi: xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak.

Bu elparvar tamoyil davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishi etib belgilandi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va virtual qabulxonasi fuqarolar bilan mutasaddi idoralarni bogʻlovchi tizimga aylandi. Joylarda barcha darajadagi rahbarlar bilan jonli muloqotlar va sayyor qabullar yoʻlga qoʻyilgani odamlarda muammolarini hal qilish mumkinligiga katta umid va ishonch uygʻotdi. Davlat idoralari quyi tizimga tushib, aholi ehtiyojlari va talablari asosida ishlashni boshladi.

Jumladan, Yakkasaroy tuman hokimligida 27 iyul kuni  tuman hokimining navbatdagi fuqarolar qabuli boʻlib oʻtdi.

Qabulda tuman hokimi, tuman prokurori, tuman IIO FMB boshligʻi, tuman davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi, hokimning sohalar boʻyicha oʻrinbosarlari, tumandagi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.

Unda 20 nafar fuqarolarning murojatlari tinglandi va ularga tegishli tartibda javob berildi. Ayrim murojaatlar joyida hal etilib, vaqt va oʻrganish talab etadigan murojaatlarni yechimi yuzasidan aniq va tezkor choralar koʻrish hamda ushbu murojaatlarni belgilangan muddatda hal etish boʻyicha mutasaddi idora va tashkilotlar rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.

Yakkasaroy tuman hokimligi Matbuot xizmati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.