Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha maslahat kengashini tuzish maqsadga muvofiq

0
264
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti  Oliy Majlisga taqdim etgan Murojaatnomasida Nodavlat notijorat tashkilotlari  faoliyatiga tanqidiy yondoshib, ular oʻz faoliyatida burilish yasaydi, deb ishonch bildirdi. Ushbu ijtimoiy tuzilmalar bilan amaliy muloqotni yoʻlga qoʻyish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha maslahat kengashini tuzish maqsadga muvofiq, deb taʼkidladi. 

«Bu yoʻnalishdagi yana bir dolzarb muammoga toʻxtalib oʻtmoqchiman. Bugungi kunga qadar davlat organlari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning aniq huquqiy mexanizmlari yaratilmagan. Bu esa nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan davlat organlari va mansabdor shaxslar faoliyatini xolisona baholashga xalaqit bermoqda. Shundan kelib chiqib, davlat va jamiyat boshqaruvida jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning taʼsirchan va amaliy mexanizmlarini joriy etish maqsadida “Jamoatchilik nazorati toʻgʻrisida”gi qonunni qabul qilish zarur.

Shu munosabat bilan barcha davlat organlari qoshida faoliyat olib boradigan jamoatchilik kengashlari tashkil etishni taklif qilaman. Mazkur jamoatchilik kengashlari davlat organlari faoliyatining ochiqligini taʼminlaydigan, ularni aholi bilan bevosita bogʻlaydigan koʻprik vazifasini bajarishi lozim», deya koʻrsatma  berdi. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.