Futzal. Osiyo chempionatida bronza medali uchun kurashamiz

0
187
views
9 fevral kuni  Oʻzbekiston terma jamoasi musobaqaning yarim finalida Eron terma jamoasiga toʻqnash keldi. 
 
Osiyoning 11 karra chempioniga qarshi oʻyin yigitlarimiz uchun juda qiyin kechdi. Afsuski, final yoʻllanmasi uchun oʻtgan uchrashuvda forslar terma jamoamiz darvozasini 7 marotaba ishgʻol qildilar. Vakillarimiz esa bittagina gol bilan javob bera oldilar xolos.  
 
Endi futzalchilarimiz 11 fevral kuni soat 13:00da uchinchi oʻrin uchun bellashuvda Iroq terma jamoasiga qarshi oʻyin oʻtkazadilar.
 
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Matbuot xizmati
 
PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here