Germaniya Kanslerini tantanali kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi

0
80
views

Samarqand shahrida mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Germaniya Federal Kansleri Olaf Sholsni rasmiy kutib olish marosimi boʻldi.

Kongress markazi oldidagi maydonda faxriy qorovul saf tortdi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni shohsupaga taklif etdi.

Harbiy orkestr ikki mamlakat madhiyalarini ijro etdi. Yetakchilar faxriy qorovul safi oldidan oʻtib, rasmiy delegatsiyalar aʼzolarini qutladilar.

Birgalikda suratga tushilgandan soʻng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here