Gulistonlik bolalar zamonaviy sport majmuasiga ega boʻldi

0
77
marta koʻrilgan.

Navroʻz umumxalq bayrami arafsida Sirdaryo viloyatining Guliston tumani markazi – Dehqonobod shaharchasida yangidan barpo etilgan zamonaviy sport majmuasi foydalanishga topshirildi, deya xabar beriladi uza.uz saytida

Loyiha qiymati 3 milliard 800 million soʻmlik sport majmuasi “Guliston madad qurilish” xususiy qurilish korxonasi bunyodkorlari tomonidan barpo etildi. 
Zamonaviy – 18x42 hajmdagi sport zali hamda bir ming tomoshabinga moʻljallangan sport maydoniga ega majmuada tibbiyot, murabbiylar, hakamlar, sport jihozlari uchun maxsus alohida xonalar mavjud. 

Bolalar-oʻsmirlar sport maktabida ayni chogʻda sportning 12 turi boʻyicha 28 nafar murabbiy qoʻlostida salkam ming nafarga yaqin bolalar va oʻsmirlar tarbiyalanmoqda. Ularning 370 nafarini qizlar tashkil etadi. 

— Shu paytgacha oʻz sport baʼzamizga ega emas edik. Mana endi eng zamonaviy sport majmuasi barpo etildi, – deydi Guliston tuman bolalar-oʻsmirlar sport maktabi direktori Alisher Toʻraqulov.
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.